Jamiyat
Toshkentning Mirobod tumanidagi 213-maktabning informatika fani oʻqituvchisi kaltaklandi. Bu haqida tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat 3-noyabr kuni taxminan soat 9:15 larda (tanaffus vaqtida) maktab binosida sodir boʻlgan. Oʻqituvchi S.A. 1-chorakda informatika fanini yaxshi oʻzlashtirmagani sababli 9-sinf oʻquvchisi boʻlgan M.T.ga chorak baho qoʻymasligini aytganidan soʻng, oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.
Oʻquvchi bu haqda akasi T.M.ga aytgan. Shu maktabni 2021-yil tamomlagan T.M. (2004-yilda tugʻilgan) vaziyatga oydinlik kiritish uchun oʻrtogʻi B.Gʻ. bilan maktabga kelib, oʻqituvchiga tan jarohati yetkazib, voqea joyidan qochib ketgan.
Ushbu holatdan xabardor boʻlgan maktab rahbari S.I. oʻsha zahotiyoq IIOFMBga xabar bergan. Ayni paytda holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
112456
Jamiyat
95121
Jamiyat
91363
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q