Jamiyat
“Maʼnaviyat karvoni” doirasidagi turli tadbirlar navoiyliklarga quvonch ulashishda davom etyapti. Karvon ishtirokchilari kun avvalida “Chashma” tarixiy-meʼmoriy majmuasida amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishishdi.
Shundan soʻng ishtirokchilar tomonidan “Yashil makon” loyihasida tumandagi “Muruvvat” uyi atrofiga 50 tup manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekildi. Ushbu hududga shu vaqtga qadar 3 mingga yaqin koʻchat oʻtkazilgani tahsinga loyiq.
“Muruvvat” uyida yashayotgan hamyurtlarimiz uchun “Inson qadri” aksiyasi oʻtkazildi. Tadbirni Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Nodir Xolboʻtayev ochib berdi.
“Tadbirlarimiz keng qamrovli boʻlib, ular mahallalarda, paxta dalalarida, jamoat tashkilotlarida, umuman olganda, hamma joyda oʻtkazilmoqda. Biz bir nechta viloyatdagi «Muruvvat” uylariga borib, amin boʻldikki, bu yerda yashayotgan vatandoshlarimiz oʻzlarini koʻngli kemtik insonlar deb his qilmayapti.
Sizlardagi ijod, hunarlaringiz mahsullari bizni quvontiryapti. Masalan, Ruslanjonning oddiy gugurt choʻpdan yasayotgan buyumlari hammamizni birdek hayron qoldirdi. Bu yerda har jabhada, aytaylik, ijodda, hunarda va yo sportda barchaga namuna boʻladigan yurtdoshlarimiz borligidan quvondik», dedi u. Tuman hokimi Ruslanbek yasagan mahsulotlarni sotish uchun joy ajratilishini maʼlum qildi.
Shuningdek, tadbir davomida yana bir qator isteʼdodlar kashf etildi. Xususan, tadbirda qatnashgan Shodibekning imkoniyatlari cheklangan, qoʻllari bilan kundalik ishlarni bajarishga qiynalsada, sheʼr yozadi. U aytib turgan sheʼrlarni “Muruvvat” uyi xodimlari qogʻozga koʻchiradi.
Shodibek tomonidan oʻqilgan sheʼrlar tadbir ishtirokchilariga manzur boʻldi. Prezident administratsiyasi masʼuli Nodir Xolboʻtayev Navoiy viloyati Yozuvchilar uyushmasi boʻlimi rahbariga yosh ijodkorni otaliqqa olish, kelgusidagi ijodiy faoliyatida koʻmak berish vazifasini topshirdi. Xonanda Mashhurbek Muhammad esa Asadbek ismli bemorning toʻyida xizmatda boʻlishga hamda Shodibekning sheʼrini qoʻshiq qilib kuylashga vaʼda berdi.
Tadbir yakuni kuy-qoʻshiqqa ulandi. Yigʻilganlarga tashkilotchilar tomonidan sovgʻalar ulashildi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q