Jamiyat
Maʼlumki, avtomobillar harakatlanish yoʻllarida vaqti vaqti bilan tuzatish, taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi. Lekin, baʼzi hollarda haydovchilar toʻsib qoʻyilgan yoʻllar sabab, yoʻl qoidalarini majburan buzishga majbur boʻlishmoqda.
Shu kabi holat 2022-yil 21-sentyabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumani Ziyo - Shifonur koʻchalari kesishmasida kuzatilib, bu ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgan edi. Unda yoʻlning transport harakatlanish qismida amalga oshirilayotgan tuzatish ishlari davomida yoʻlning bir qismi yopib qoʻyilgan va tegishli maxsus belgi bilan aylanib oʻtish lozimligi koʻrsatilgan. Biroq aylanib oʻtish oqibatida haydovchilar yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish tomoniga oʻtishlariga toʻgʻri kelgan. Bu esa maxsus kameralarga muhrlangan va haydovchilar jarimaga tortilgan.
Jarimadan ozod etish Ichki ishlar organlarining YHX boʻlimlari tomonidan emas, sudlar tomonidan koʻrib chiqilishi ijtimoiy tarmoqda koʻpchilik fuqarolarning oʻrinli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolar ovoragarchiligini oldini olish va ularga adolatli munosabatda boʻlishga asoslangan. Yuqoridagi holat esa haydovchilarning ortiqcha xarajat qilishiga va ovoragarchiligiga sabab boʻlmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili Ichki ishlar vazirligiga murojaat qildi. Unda ushbu holatlarni kelgusida takrorlanishini oldini olish maqsadida taʼmirlash ishlari haqida fuqarolarni oldindan xabardor qilish va ularni mazkur sabablarga koʻra jarimaga tortilishini oldini olish choralarini koʻrilishi soʻraldi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q