Jamiyat
Oʻzbekistonda dam olish kunlari yomgʻirli ob-havo saqlanib qoladi. “Oʻzgidromet” xabariga koʻra, mamlakat hududiga nisbatan yuqori harorat fonida Kaspiy dengizi, Turkmaniston va Eron hududlaridan nam bulutli massivlar kirib kelishi davom etadi.
5-noyabr, shanba kuni hududning katta qismida kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi.
Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yana yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda yomgʻir jadal yogʻadi. Baland togʻlarda yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Respublika shimolida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Ushbu kunlarda harorat foni deyarli oʻzgarmaydi. Havo harorati kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 12-17 daraja iliq atrofida boʻladi.
Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q