Adliya xodimi, advokat va irrigatsiya mansabdori pora bilan ushlandi

Saqlash
19:42 / 04.11.2022 2079 0

DXX tomonidan Toshkent viloyati Olmaliq shahar adliya boʻlimi xodimi mahalliy fuqaroni Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga ishga kirishida yordam berish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

 

Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga aloqador boʻlgan Olmaliq shahridagi maktabgacha taʼlim tashkiloti mudirasi ham qoʻlga olingan.

 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, DXX tomonidan Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda advokatlik firmasi advokati ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat Kodeksining 251-1-moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha oʻzining himoyasida boʻlgan fuqaroni, tanishlari orqali jinoiy javobgarlikka tortmaslik masalasini ijobiy hal qilish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

 

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Samarqand viloyatida oʻtkazilgan tadbirda Ishtixon tumani irrigatsiya boʻlimining mansabdor xodimi mahalliy fermer xoʻjalik rahbariga xoʻjalikning oʻz hisobidan joriy etilgan tomchilatib sugʻorish texnologiyasi uchun sarflangan mablagʻlarning bir qismi davlat tomonidan qoplanishini maʼlum qilib, unga 360 mln soʻm miqdorida subsidiya mablagʻi ajratilishida yordam berish evaziga 3,5 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//