Jamiyat
10−11-noyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti munosabati bilan Samarqand shahriga kirish yoʻllari yopiladi. Bu haqda YHXX maʼlum qildi.
“Viloyat hududidan tranzit oʻtuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etilganligini va maxsus flayerlar ishlab chiqilganligini maʼlum qilamiz”, – deyiladi xabarda.
Haydovchilar flayerdagi QR kod orqali yoʻllarda harakatlanishlari uchun ruxsat etilgan aylanma yoʻllardan mobil ilova orqali ham koʻrishlari mumkin.
Bundan tashqari, ushbu kunlarda Samarqand shahrining ayrim koʻchalarida harakat vaqtinchalik cheklanadi.
Harakat qatnovi cheklangan koʻchalarda tez tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlar boʻlinmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112432
Jamiyat
95093
Jamiyat
91314
Jamiyat
76011
Jamiyat
//
Izoh yo‘q