Jamiyat
Oʻzbekistonda moliyaviy nazorat sohasida qoidabuzarliklar toʻgʻrisida xabar bergan fuqarolar ragʻbatlantirilishi mumkin. Bu haqdagi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Prezidentning 2022-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq:
Quyidagilar qoidabuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni ragʻbatlantirish koʻzda tutilgan:
– jamiyatda byudjet mablagʻlari maqsadli va samarali sarflanishida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
– jamoatchilik davlat moliyaviy nazorati sohasida qoidabuzarliklarga qarshi kurashishdagi faolligini yanada oshirish hamda ularni ushbu sohaga qoʻshayotgan hissasi uchun ragʻbatlantirish:
Qoidabuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslar tomonidan beriladigan bir martalik pul mukofotidan ushbu xabarlarni yuborgan jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda voz kechilishi mumkin.
Ragʻbatlantirish faqatgina jismoniy shaxslar tomonidan dasturiy kompleks orqali yuborilgan xabardagi qoidabuzarliklar aniq yoʻnalishi va turi boʻyicha amalga oshiriladi.
Qoidabuzarlik haqidagi xabar jismoniy shaxslar tomonidan yagona identifikatsiya tizimida (ONE ID) roʻyxatdan oʻtgan holda dasturiy kompleks orqali yuboriladi.
Qoidabuzarliklar haqidagi xabarda qoidabuzarliklar batafsil bayon etilishi, qoidabuzarlik yoʻnalishi yoki turi, qoidabuzarliklar sodir etilgan nazorat obekti joylashgan aniq manzili hamda qoidabuzarliklarga taalluqli boshqa tegishli maʼlumotlar kiritilishi lozim;
Qoidabuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslar quyidagi miqdordagi bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
– qoidabuzarliklar summasi bazaviy hisoblash miqdori oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdori bir baravari miqdorida;
– qoidabuzarliklar summasi bazaviy hisoblash miqdori yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdori ikki baravari miqdorida;
– qoidabuzarliklar summasi bazaviy hisoblash miqdori uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdori uch baravari miqdorida;
– qoidabuzarliklar summasi bazaviy hisoblash miqdori besh yuz baravari va undan ortiq boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdori toʻrt baravari miqdorida.
Qoidabuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar bir nafardan ortiq boʻlgan holatlarda ragʻbatlantirish (pul mukofoti) summasi ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q