Oʻzbekistonning 8 ta viloyatida sel-suv toshqin xavfi eʼlon qilindi

Saqlash
16:07 / 04.11.2022 2149 0

Respublikada kutilayotgan kuchli yogʻingarchiliklar tufayli 6-8-noyabr kunlari Oʻzbekistonning 8 ta viloyatidagi togʻ va togʻ oldi hududlarda sel-suv toshqin xavfi eʼlon qilindi.

 

jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;

 

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlarida;

 

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

 

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

 

Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

 

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

 

Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;

 

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Ogohlantirish xatida togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishi soʻralgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//