Jamiyat
“Issiqxona xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, issiqxona xoʻjaliklari va muzlatkichli omborxonalarning iqtisodiy jihatdan samarali ishlashi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Issiqxona xoʻjaliklari va muzlatkichli omborxonalar uchun ajratilgan milliy va xorijiy valyutadagi kreditlarni qaytarish muddatlari umumiy hisobda 14 yil etib belgilanadi va imtiyozli davr 3 yildan 5 yilgacha uzaytiriladi.
Issiqxona xoʻjaliklarini aylanma mablagʻ bilan taʼminlash uchun banklar tomonidan 1 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi.
Bunda mazkur kreditlar Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga ajratilgan byudjet ssudasi hisobidan moliyalashtiriladi.
Issiqxona xoʻjaliklarida eksportbop mahsulot yetishtirishga talab etiladigan aylanma mablagʻlar uchun xorijiy valyutadagi bank kreditlari Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari hisobidan yillik 4 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) ajratiladi.
Ajratilgan kreditlarni qaytarish muddatlari issiqxonalarda hosilni yigʻib olish va sotish muddatlariga moslashtiriladi.
Issiqxona xoʻjaliklariga tabiiy gaz boʻyicha toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya summasi 2022-yil 1-oktyabrdan 2023-yil 1-aprelgacha, istisno tariqasida, hisoblanmaydi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q