Jamiyat
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 4-noyabr kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-11, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi (baland togʻlarda yomgʻir, qor yogʻadi). Tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 1-3 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q