Kripto-doʻkon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

Saqlash
14:00 / 04.11.2022 1660 0

Kripto-doʻkon faoliyatini amalga oshirish qoidalari Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

 

Mazkur Qoidalar kripto-doʻkon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.

 

Kripto-doʻkon oʻz faoliyatini kripto-doʻkonning elektron platformasi yoki savdo obyekti orqali amalga oshiradi.

 

Kripto-doʻkonda quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:

 

kripto-doʻkonning elektron platformasi orqali:

– jismoniy shaxslar tomonidan bank oʻtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish yoki sotish;
– chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bank oʻtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni xorijiy valyutada sotib olish yoki sotish;

 

kripto-doʻkonning savdo obyekti orqali: 

– jismoniy shaxslar tomonidan bank oʻtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish;
– mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni naqd pul koʻrinishida milliy yoki xorijiy valyutada sotib olish;
– mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni faqat milliy valyutada sotish.

 

Kripto-doʻkonda quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi:

– majburiy identifikatsiyadan oʻtkazilmagan mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar;
– Oʻzbekiston rezidentlari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar bilan operatsiyalar;
– anonim kripto-aktivlar hamda oʻzaro oʻzgarmas tokenlarni sotib olish yoki sotish operatsiyalari.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//