Geografik obyektlarga nom berishda aholining fikri o‘rganiladi

Saqlash
20:52 / 03.11.2022 1433 0

“Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

 

Qonunga ko‘ra, geografik ob’yektlarga jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berishga yo‘l qo‘yildi.

 

Bunda O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish ularning vafotidan keyin Prezidentining qaroriga asosan hamda, qoida tariqasida, nomlari mavjud bo‘lmagan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nisbatan amalga oshiriladi.

 

Geografik ob’yektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.

 

Takliflar kelib tushganidan keyin muhokama qilish uchun ularni 5 ish kunida tegishli organlar o‘zlarining rasmiy nashrlarida, rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.

 

Shuningdek, takliflar muhokamasi ular e’lon qilingan sanadan e’tiboran 15 kundan kam bo‘lmasligi kerak.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//