Jamiyat
OʻzXDP fraksiyasi aʼzosi shifokorlarni kaltaklash holatlari koʻpayib borayotganiga qanday munosabatda boʻlish kerakligi haqida gapirdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova tibbiyot xodimlarini haqoratlash, faoliyatiga toʻsqinlik qilish va qoʻl koʻtarish bilan bogʻliq holatlar koʻpaygani sabab shifokorlarni ham “bodi kamera” bilan taʼminlanishi lozimligini aytdi.
Deputatning qayd etishicha, jinoyat kodeksining bezorilik uchun javobgarlikni koʻzda tutuvchi normasiga jinoyatning oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir qilganini nazarda tutuvchi qoʻshimcha band kiritish kerak.
Shuningdek, u koʻchada “tez yordam” mashinasiga yoʻl bermaslik holatlariga nisbatan ham jarimalar hajmini koʻpaytirish kerakligini taʼkidladi. Xususan, “tibbiyot xodimi”, “tibbiy yordam” kabi tushunchalarga taʼrif berilib, tibbiyot xodimlari faoliyatiga aralashganlik qonunchilikda tegishli tartibda javobgarlikka sabab boʻlishi belgilanishi zarur.
“Nazarimda, tibbiyot xodimlari ham “bodi kamera” bilan taʼminlanishi lozim. Masalan, ichki ishlar organlari xodimlarida ana shunday moslamalar mavjud. Bu orqali fuqarolarning ham, tibbiyot xodimining ham masʼuliyati oshadi, zoʻravonliklarga barham beriladi, deb oʻylayman”, — deydi Qizilgul Qosimova.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73401
Jamiyat
//
Izoh yo‘q