Qoʻqonda maktablarda faoliyat olib borayotgan targʻibotchilar uchun oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi

Saqlash
14:55 / 03.11.2022 1107 0

Qoʻqon shahridagi Amiriy nomidagi kutubxonada oʻrta maktablarda faoliyat olib borayotgan ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularga uslubiy koʻmak berish maqsadida oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.

 

 

Oʻtkazilgan tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari birinchi oʻrinbosari Furqat Joʻraqulov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari Botir Ergashev, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi xodimlari hamda shahardagi 45 ta oʻrta maktablarda faoliyat olib borayotgan Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar ishtirok etishdi.

 

Tadbirda soʻz olgan markazning birinchi oʻrinbosari Furqat Joʻraqulov Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu lavozim mamlakatimizning ijtimoiy-maʼnaviy yuksalishi, yoshlarimizning komil inson sifatida rivojlanishi hamda ularning isteʼdodlarini yuzaga chiqarishda nechogʻlik ahamiyat kasb etishi haqida toʻxtalib oʻtdi. Ushbu maqsad va vazifalar ijrosini taʼminlashda ularning mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman, shahar boʻlinmalari bilan doimiy hamkorligini, shuningdek, oʻzaro integratsiyasini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tavsiyalar berildi.

 

 

Seminarda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar uchun tayyorlangan uslubiy qoʻllanma taqdimoti ham oʻtkazildi. Tashkilotchilar tomonidan oʻquv-uslubiy qoʻllanma va undan foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.

 

 

Shuningdek, tadbir soʻngida Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan seminar ishtirokchilariga 500 dan ziyod badiiy kitoblar jamlanmasi hamda uslubiy qoʻllanmalar taqdim qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//