Jamiyat
Samarqandda toʻrt egizak chaqaloq dunyoga keldi. Tugʻruq jarrohlik yoʻli bilan amalga oshirilgan.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati perinatal markaziga 29-oktyabr kuni Samarqand tumani Xoʻja Ahror Vali mahallasida yashovchi homilador M.Tohirovani olib kelingan.
Tekshiruvlar natijasida homilador ayol toʻrt egizak kutayotgani aniqlangan. Shifokorlar tugʻruqni jarrohlik yoʻli bilan amalga oshirishga qaror qilishgan.
“2-noyabr kuni amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotida ikki oʻgʻil va ikki qiz egizak tugʻdirib olindi. Hozirda ona va bolalarning umumiy holati qoniqarli. Chaqaloqlar markazning chaqaloqlar boʻlimida nazoratda”, — deydi Samarqand viloyati perinatal markazi direktori Lola Hamroyeva.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73401
Jamiyat
//
Izoh yo‘q