Ilm-fan
Joriy yilning 2-noyabr kuni UNICEF, Tech4Impact NNT va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM - Science, Technology, Engineering and Mathematics) sohalariga qiziquvchi qizlar uchun UniSat xalqaro taʼlim dasturi rasman ishga tushirildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligining xabar berishicha, qizlarning kosmik tadqiqotlarga qiziqishini oshirishga qaratilgan ushbu dastur YUNICEFning Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistondagi vakolatxonalari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
- Innovatsion rivojlanish vazirligi UniSat dasturini qoʻllab-quvvatlashdan mamnun. Oʻzbekiston qizlari ilm-fan, muhandislik va ilgʻor texnologiyalar sohasida rivojlanish uchun katta salohiyatga ega va biz qizlarni nano sunʼiy yoʻldoshni uchirishda oʻz kuchlarini sinab koʻrishga taklif qilamiz, - dedi Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova. - Vazirlikda nano sunʼiy yoʻldoshlarni loyihalash va yigʻish uchun barcha shart-sharoitga ega laboratoriya mavjud boʻlib, vazirlik eshiklari yoshlar uchun doim ochiq. Ehtimol, STEM sohalari sizning kelajakdagi kasbingizga aylanadi!, - dedi Sh.Turdiqulova.
Oʻquv dasturining yakuniy bosqichida nano sunʼiy yoʻldoshni yigʻish uchun uchta respublikadan qizlar Olma-otadagi Al-Farobiy nomli institutda yigʻiladilar. Nano sunʼiy yoʻldoshni Oʻzbekistonda uchirish 2022-yil 12-aprelga rejalashtirilgan. Qizlarning oʻzlari parvoz rejasini tuzib, aeronavigatsiya xizmati mutaxassislari nazorati ostida nano sunʼiy yoʻldoshni Oʻzbekistondan uchiradilar.
Ishlab chiqilgan va stratosferaga uchirilgan nano sunʼiy yoʻldosh qizlarga Yer va yulduzlarning yuqori aniqlikdagi suratlarini olish imkonini beradi. Oʻrnatilgan sensorlar kelajakda ilmiy tadqiqotlar uchun foydali boʻlishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oʻzida yigʻadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q