Jamiyat
«Samarqand» aeroporti texnik sabablarga ko‘ra 8-noyabr soat 00:01 dan 12-noyabr 00:01 ga qadar parvozlar uchun yopiladi.
Bu haqdagi xabar chorshanba kuni aviasiya xodimlari uchun NOTAM xalqaro xabarnoma tizimida paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda AviaAlertsUZ Telegram kanali.
11-noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu 2021-yil noyabrida Turkiy Kengash o‘rnida tuzilgan tashkilotning birinchi sammiti bo‘ladi.
Tashkilotga a’zo mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari uchrashuvi arafasida iqtisodiyot va tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston (2019 yildan) a’zo. Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112248
Jamiyat
94927
Jamiyat
91029
Jamiyat
75802
Jamiyat
//
Izoh yo‘q