Jamiyat
Davlat rahbarining topshirigʻiga asosan, Sirdaryo viloyatiga biriktirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qonlikoʻl tumanida qator xayrli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, tumanning 11 ta mahallasiga viloyatning tuman va shaharlari masʼul etib belgilangan boʻlib, joriy yilda ular tomonidan biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish, maktab va bogʻcha binolarini taʼmirlash ishlari, shuningdek, sport maydonchalari hamda koʻchma hammomlar qurib berildi.
Mazkur ezgu ishlarning mantiqiy davomi sifatida tumanning “Madaniyat” mahallasida ikki xalqning tarixiy orzu-intilishlarini oʻzida uygʻunlashtirgan, qurilish arxitekturasi jihatidan zamonaviy va milliy meʼmoriy yechimlarga ega “Sayxun va Jayxun” maʼnaviyat va maʼrifat maskanining qurilishi nihoyasiga yetdi.
Ushbu binoni prezidentimizning Qoraqalpoq xalqiga sovgʻasi sifatida tantanali ravishda topshirish rejalashtirilgan.
Shu maqsadda, sirdaryolik bir guruh nuroniylar, sanʼatkorlar va masʼullar Qonlikoʻl tumanida boʻlgan.
Maʼnaviyat va maʼrifat maskanining ochilish marosimida, shuningdek, Sirdaryo zaminida yetishtirilgan poliz mahsulotlari, sarxil mevalar hamda milliy taomlar koʻrgazmasi, bayram sayli, “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish tadbirlari oʻtkazish belgilangan.
Ushbu tadbirlar orqali qardosh qoraqalpoq xalqining kayfiyatini koʻtarish, ularga xursandchilik bagʻishlash, qardoshlik va doʻstlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsad qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q