Ayrim hududlardagi talabalarning o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berildi

Saqlash
22:08 / 01.11.2022 1186 0

Davlat qabul komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiya Federatsiyasining (Ukraina bilan chegaradosh) Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi.

 

Unga ko‘ra:

 

– talabalarning doimiy yashash manzili hududida joylashgan OTMning mos va turdosh (mos va turdosh bo‘lmagan taqdirda mazmunan yaqin bo‘lgan) ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish mumkin. Masalan, Xorazmda doimiy ro‘yxatda turadigan talaba Toshkentga o‘qishini ko‘chira olmaydi;

 

– arizalar 2022-yil 1-noyabrdan 20-noyabrga qadar (shu kuni ham) my.dtm.uz sayti (“Rossiya Federatsiyasidan o‘qishni ko‘chirish” bo‘limi) orqali qabul qilinadi;

 

– talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish 2022-yil 25-noyabrdan 15-dekabrga qadar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;

 

Talabalarning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berish bo‘yicha qaror respublika OTMlarining idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinadi.

 

Shuningdek, fuqarolarning Rossiyadagi muayyan OTMda haqiqatda o‘qiyotganligi aniqlanmasa ularning o‘qishi ko‘chirilmaydi.

 

O‘qishi ko‘chirilgan talabalarning o‘qishini mos kursdan davom ettirishiga istisno tariqasida ruxsat beriladi. Ya’ni fanlardan farqi ko‘pligi uchun pastki kursga ko‘chirilmaydi. Bunda aniqlangan fanlar farqi 2022-2023-o‘quv yili davomida bepul topshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//