DSQ O‘zbekistonda onlayn to‘lovlardagi uzilishlar yuzasidan munosabat bildirdi

Saqlash
21:25 / 01.11.2022 1101 0

Elektron to‘lov tashkilotlarining Davlat soliq qo‘mitasi bilan integrasiyasi tufayli ularning xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi. Qo‘mita ushbu xabarga aniqlik kiritdi.

 

Qayd etilishicha, to‘lov tizimlari operatorlari o‘z to‘lov tizimlarini onlayn-NKMga majburiy ravishda ulash va shu orqali soliq organlarining axborot tizimlariga 2022-yil mart oyidan integrasiyalashni ta’minlash talabi o‘rnatilgan.

 

Ushbu maqsadda to‘lov tashkilotlari bilan tizimli ishlar amalga oshirilib, 2022-yilning mart oyidan shu kunga qadar 12 marotaba uchrashuv tashkillashtirilgan.

 

Shuningdek, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tizimi orqali elektron fiskal chek taqdim qilish tartibi belgilangan.

 

Xususan, mavjud 48 ta elektron to‘lov tashkilotidan 25 tasi fiskal ma’lumotlar operatoriga integrasiyani to‘liq yakunlagan. Hozirgi kunda xaridlar uchun to‘lovlarni aksariyat hollarda P2P (kartadan kartaga o‘tkazish) qilish kuzatilmoqda.

 

Mamlakat iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda axborot texnologiyalari vositasida iste’molchilar, tadbirkorlik sub’yektlari va davlat soliq xizmati organlarining uyg‘unlashgan faoliyati alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.

 

Bu raqamlashtirish bilan bog‘liq amaliy tajriba iqtisodiy faollikni oshirish va qonuniy faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlarni himoya qilish ta’minlanganligini ko‘rsatdi.

 

2021-yilning mos davriga nisbatan xarid cheklari soni 185 foizga xarid summasi esa 176 foizga oshdi. Bu raqamlarni yashirin iqtisodiyotni soyadan chiqarish natijalari deb qayd etish mumkin.

 

Shu o‘rinda 1,5 million nafardan oshiq fuqarolar huquqlari kafolatlanishi ta’minlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//