Fuqarolardan muddati o‘tgan biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirish so‘raldi

Saqlash
21:22 / 01.11.2022 1817 0

Ichki ishlar vazirligi fuqarolarga muddati tugagan biometrik pasportlarni kechiktirmagan holda identifikasion ID-kartalarga almashtirishlarini so‘rab murojaat qildi.

 

Boshqarmaning eslatishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasiga asosan O‘zbekiston fuqarosining pasportsiz yoki identifikasiyalovchi ID-kartasiz yoxud haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan yashashi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

 

Eslatib o‘tamiz, fuqarolik pasportlari o‘rnini bosuvchi ID-kartalar 2021-yil yanvaridan berila boshlangandi. 2022-yil yanvar oyidan boshlab uni Ichki ishlar migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari bilan bir qatorda poytaxt va Toshkent viloyatining ayrim hududlaridagi Davlat xizmatlari markazlari orqali ham berish yo‘lga qo‘yilgandi.

 

ID-kartani olish uchun hech qanday maxsus hujjatlarni taqdim etish shart emas, faqat pasport, ariza va davlat bojini to‘lash kifoya.

 

Amaldagi fuqarolik pasporti 2030 yil 31 dekabrgacha amal qiladi. Ularni ID-kartalarga almashtirish 2022-yil 31-dekabrgacha ixtiyoriy, 2030-yil 31-dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 247
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 57
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 92
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//