Qoraqalpog‘istondagi voqealarda ishtirok etgan yana 35 nafar ayblanuvchi oilasiga qaytarildi

Saqlash
21:20 / 01.11.2022 1155 0

Bosh prokuratura tomonida 1 noyabr kuni Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarda gumon qilingan yana 35 nafar ayblanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi. Bu hududdagi voqealarni o‘rganuvchi komissiya a’zolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra amalga oshirilgan.

 

Qayd etilishicha, komissiya tomonidan fuqaro murojaatlarini o‘rganish davomida sodir etgan qilmishiga pushaymon va ijtimoiy sharoiti og‘ir bo‘lgan ayblanuvchilarning uchinchi ro‘yxati shakllantirilgan va ularni oilasiga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.

 

Shu yilning 30 avgust kuni 34 nafar, 13–14 oktyabr kunlari 38 nafar Mustaqil Komissiya tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatdagi ayblanuvchi oilasi bag‘riga qaytarilgan.

 

Bu orqali uyiga qaytarilgan ayblanuvchilar soni 107 nafarga yetdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//