 
                   
                    Jamiyat
1—3-noyabr kunlari “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi hamkorligida Samarqandda “Markaziy Osiyo – islom sanʼati oʻchogʻi” nomli xalqaro forum oʻtkazilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, forum doirasida “Oʻzbekiston fondlarida saqlanayotgan Qurʼoni karimning qadimiy nusxalari” mavzusida xalqaro koʻrgazma ham tashkil etiladi. Mazkur koʻrgazmada Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanayotgan yettita nodir va qadimiy Qurʼoni karim nusxalari ham taqdim etiladi.
Shuningdek, forum doirasida “Movarounnahrda kitobat madaniyati” mavzusida islom amaliy sanʼati turlari boʻyicha festival va hunarmandlar savdo yarmarkasi, hamda “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirish masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etiladi.
Xalqaro forumda 40 dan ziyod davlatdan 300 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
 
                  Siyosat
 
                  Sport
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109667
             109667
          Jamiyat
 94050
             94050
          Jamiyat
 89831
             89831
          Jamiyat
 72985
             72985
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q