 
                   
                    Jamiyat
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot instituti direktori oʻrinbosari Hamid Abduraimov AOKAda oʻtkazilgan brifingda sotsiologik tadqiqot natijalarini eʼlon qildi.
Tahlillar joriy yilning 8-avgustdan 15-sentabrga qadar hududlarda: 15 ta shahar, 33 ta tuman va 204 ta mahallada oʻtkazilgan.
Tadqiqot natijalariga koʻra, Oʻzbekistondagi ayollarning 47,3 foizi 4 nafar, 38,6 foizi 3 nafar farzandli boʻlishni rejalashtirgan.
Har yettinchi xotin-qizlar (15,3 foiz) 2 nafar farzand bitta oila uchun yetarli degan fikrda. Bunday javob koʻproq oliy maʼlumotli ayollarda qayd etilgan.
Xotin-qizlarning 64,4 foizi homiladorlikdan saqlanish toʻgʻrisida yetarli darajada, 13,1 foizi qisman xabardor, 22,5 foizi umuman maʼlumotga ega emas.
Har oʻninchi holatda (9,3 foiz) kuzatilgan istalmagan homiladorlik himoyalanish vositalari taqchilligi tufayli yuzaga kelgan.
 
                  Siyosat
 
                  Sport
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109667
             109667
          Jamiyat
 94050
             94050
          Jamiyat
 89831
             89831
          Jamiyat
 72985
             72985
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q