Jahon
Shu kunlarda Afrika qitʼasining Uganda davlatida Ebola virusi tarqalmoqda. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus xastalik epidemiyaga aylanib, boshqa hududlar aholisiga ham xavf solishidan jiddiy tashvishda.
Uganda Sogʻliqni saqlash vazirligi 20-sentabr kuni mamlakatda ilk kasallanish holati roʻyxatga olinganini maʼlum qilgandi.
Biroq oradan ikki hafta oʻtib, virus dastlabki oʻchogʻi boʻlgan Mubende tumanidan toʻrtta qoʻshni tumanga tarqalib ulgurgan.
“Ebolani jilovlash oson kechmaydi. Buning uchun birgalikdagi saʼy-harakatlarni kuchaytirish lozim. Qolaversa, xastalik haqida jamoatchilikni keng xabardor qilish epidemiyaga qarshi kurash samaradorligini oshiradi”, — deydi JSST rahbari.
Eslatib oʻtamiz, Ebola virusining yashirin muddati 21 kungacha davom etadi. Virusni yuqtirganlarning oʻrtacha 50 foizi kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumadi. Baʼzi hollarda bu koʻrsatkich 90 foizga ham yetgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q