Oʻzbekistonda qaysi kasalliklardan eng koʻp oʻlim holati qayd etilayotgani maʼlum boʻldi

Saqlash
16:59 / 31.10.2022 993 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-oktabr holatiga Oʻzbekistonda qayd etilgan oʻlim holatining 56,8 foizi qon aylanish tizimi kasalliklariga toʻgʻri kelgan.

 

Taʼkidlanishicha, 74 109 ta oʻlim holati aynan qon aylanish tizimi kasalliklari bilan bogʻliq. Shuningdek, nafas olish aʼzolari kasalliklari – 12 805 ta, oʻsimtalar bilan bogʻliq holatlar esa 12 805 tani tashkil etgan.

 

2022-yilning 9 oyida qayd etilgan oʻlim holatlarining kasalliklar boʻyicha soni:

 

qon aylanish tizimi kasalliklari – 74 109 ta;

nafas olish aʼzolari kasalliklari – 12 805 ta;

oʻsimtalardan – 10 535 ta;

baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan – 7 260 ta;

ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari – 5 264 ta;

yuqumli va parazit kasalliklari – 1 976 ta;

boshqa kasalliklardan – 18 417 ta.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//