Jamiyat
Ichki ishlar vazirligining ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Loyihaga koʻra, jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga bir qator qoʻshimchalar kiritiladi. Endilikda JIEMlarda saqlanayotgan mahkumlar elektron davlat xizmatlari, shu jumladan notariat xizmatlaridan foydalanishi uchun muassasa maʼmuriyati tomonidan alohida xona ajratiladi.
Mazkur xona veb-kamera hamda Jahon axborot internet tarmogʻiga ulangan kompyuter texnikasi bilan jihozlanadi.
Mazkur qoʻshimchalar Bosh prokuratura, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Oliy sudi bilan kelishilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, muhokama 9-noyabrga qadar davom etadi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73401
Jamiyat
//
Izoh yo‘q