Jamiyat
Oʻzbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 140 ta davlat orasida 78-oʻrinni egalladi.
Joriy yilning 26-oktabr kuni Huquq ustuvorligi indeksining (Rule of Law Index) navbatdagi natijalari eʼlon qilindi.
Adliya vazirligi matbuot xizmatining yozishicha, Oʻzbekiston umumiy roʻyxatda Serbiya, Albaniya, Xitoy, Belarus, Qirgʻiziston, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarni ortda qoldirib, 140 ta davlat orasida 78-oʻrinni egallagan. Indeksni tuzishda dunyoning 140 ta davlatidan 150 mingdan ortiq uy xoʻjaligi va 4000 ga yaqin huquqshunoslar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazildi, qonuniylik darajasi baholandi.
Huquq ustuvorligi indeksi har yili World Justice Project xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tuziladi va 8 ta indikatorni, xususan, “Hokimiyat vakolatlarining cheklanganligi”, “Korrupsiyadan xolilik”, “Davlat institutlari faoliyatining ochiqligi (shaffofligi)”, “Asosiy huquqlarni himoya qilish”, “Tartib va xavfsizlik”, “Huquqni muhofaza qilish”, “Fuqarolik va jinoiy odil sudlov” kabi indikatorlarni oʻz ichiga oladi.
2022-yilda huquq ustuvorligi faqatgina 54 ta davlatda yaxshilandi, 85 tasida yomonlashdi va 1 ta davlatda oʻzgarishsiz qoldi. Ushbu indeksda Oʻzbekiston huquq ustuvorligi bilan bogʻliq vaziyat yaxshilangan davlatlar qatoriga kiritildi.
“Mazkur indeksda Oʻzbekistonga berilgan baho mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatda ijobiy imijini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Joriy yilda Oʻzbekistonning barcha sakkizta indikator boʻyicha koʻrsatkichlarida yaxshilanish kuzatildi”, — deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q