Jamiyat
“Maʼnaviyat karvoni”ning navbatdagi yana bir manzili Elobod city boʻldi. U yerda ijodkorlar va ilm-fan namoyondalari qurilish jarayoni bilan tanishdi.
Shundan soʻng ijodkorlar qurilish yakunlanmagan joyda jonli ijroda qoʻshiqlar kuylashdi. Tashrif kutilmagan boʻlishiga qaramay 50 nafardan ortiq qurilish sohasi vakillari va turarjoy majmuasida istiqomat qiluvchi aholi ijodkorlarni qurshab oldi. Eng yaxshi raqs ijrochilariga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi. Shu bilan birga fidoiy quruvchi, qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan ayol hamda yangi xonadonlarning eng kichik vakili – 1 yoshga ham toʻlmagan qizaloqqa ham esdalik sovgʻalari topshirildi.
Maʼlum qilinishicha, Elobod cityʼning hozirga qadar 10 ta turarjoy binosi foydalanishga topshirilgan. 2023-yil boshiga qadar yana 6 tasi fuqarolarga oʻz eshigini ochadi. Ushbu loyihaning nomi hamda unda chizilgan murallar mehmonlarni diqqatini tortdi. Ularda millatlararo totuvlik, tinchlik kabi maʼnolar aks etgani taʼkidlandi.
28-oktabr kuni esa “Afsonalar vodiysi”da “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida gala-konsert boʻlib oʻtdi.
Tadbir avvalida Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Nodir Jonuzoq soʻzga chiqib, Namanganda bir necha kundan buyon boʻlib turgan “Maʼnaviyat karvoni” tomonidan amalga oshirilgan ishlar samarali boʻlgani haqida aytib oʻtdi.
Shundan soʻng birin-ketin elimiz suygan sanʼatkorlar qoʻshiqlar kuylashdi. Shu bilan “Maʼnaviyat karvoni”ning Namangan viloyatidagi safari oʻz nihoyasiga yetdi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q