Imkoniyati cheklangan qizning orzusi ushaldi

Saqlash
16:22 / 28.10.2022 1557 0

Namangan viloyatida boʻlib oʻtayotgan “Maʼnaviyat festivali” doirasida Namangan tumanidagi Madaniyat markazida maʼnaviy-maʼrifiy tizimda faoliyat yuritayotgan soha xodimlari, mutaxassislar, targʻibotchilar ishtirokida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

 

Tadbirda Namangan tuman hokimi Shuhrat Davronov ochib berdi. Shundan soʻng soʻz navbati poytaxtdan tashrif buyurgan “Maʼnaviyat karvoni” aʼzosi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo soʻzga chiqib, Namanganda saqlanib qolayotgan urf-odatlar, qadriyatlar mehmonlarni lol qoldirayotgani haqida gapirdi.

 

Minhojiddin Mirzo madaniyat markazida tashkil etilgan koʻrgazmada oʻz ishi bilan ishtirok etayotgan imkoniyati cheklangan qizning orzusi bilan qiziqdi. Qizaloq planshet olishni istashini aytgan. Tadbir davomida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda tuman hokimligi tomonidan hunarmand qizga planshet sovgʻa sifatida topshirildi.

 

Shuningdek, jamoat ishlarida faol, oʻz sohasida bir qator yutuqlarga erishgan, isteʼdodli yoshlar, ularning ota-onalari hamda maʼnaviyat targʻibotchilari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tashakkurnomalari, esdalik sovgʻalari, kitoblar jamlanmalari bilan taqdirlandi.

 

Yakunda sanʼatkorlar tomonidan sahna koʻrinishlari namoyish etilib, kuy-qoʻshiqlar yangradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//