Toshkentdagi ayrim avtobus yoʻnalishlari harakatida oʻzgarish boʻladi (roʻyxat)

Saqlash
16:07 / 27.10.2022 1467 0

Toshkent shahridagi ayrim avtobus yoʻnalishlarida 27-oktabrdan oʻzgarishlar boʻladi.

 

Bundan yoʻnalishlar tarmogʻini maqbullashtirish, yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsad qilingani aytilmoqda.

 

27-oktabrdan quyidagi oʻzgarishlar boʻladi:

 

“8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 142-sonli “Tiklanish mahallasi – Katta Hasanboy mahallasi” avtobus yoʻnalishining harakati Tiklanish koʻchasidagi soʻnggi bekati 472 va 473-uylar qarshisidagi manzilgacha qisqartiriladi;

 

“18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 31-sonli “Qoraqamish 2/4 mavzesi – Chinni bozori bekati” “Onlayn-GPS” masofaviy nazorat tartibida faoliyat yurituvchi avtobus yoʻnalishining harakati Qoraqamish 4-koʻchasi boʻylab “Nihol mahallasi”ga bormagan holda “Qoraqamish 2/4 mavzesi”gacha qisqartiriladi;

 

“18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 87-sonli “Qoraqamish 2/4 mavzesi – Chinni bozori bekati” “Onlayn-GPS” masofaviy nazorat tartibida faoliyat yurituvchi avtobus yoʻnalishining toʻgʻri yoʻnalishdagi harakati Beruniy koʻchasidan Farobiy, Mirzo Gʻolib, Qamarniso, Talabalar koʻchalari orqali va keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda bir tomonlama tashkil etilib, qaytish yoʻnalishdagi harakati oʻzgarishsiz qoldiriladi;

 

“18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 125-sonli “Oʻrikzor mavzesi – Doʻmbirobod koʻchasi bekati” “Onlayn-GPS” masofaviy nazorat tartibida faoliyat yurituvchi avtobus yoʻnalishining toʻgʻri yoʻnalishdagi harakati Zarafshon koʻchasidan Samarbonu, THAY koʻchalari orqali va keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda bir tomonlama tashkil etilib, qaytish yoʻnalishdagi harakati oʻzgarishsiz qoldiriladi;

 

“7-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 33-sonli “Karvon bozori bekati – Saodat savdo markazi bekati” avtobus yoʻnalishining ish tartibi soat 5:30 dan 21:00 gacha etib belgilanadi;

 

“2-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 30-sonli “Olmos mahallasi – Toshkent MUM ASHB” avtobus yoʻnalishining harakati Ohangaron shossesidan Beshariq, Aviasozlar, Hosiyat, Zumrad, Shohimardon, Ohangaron shossesi orqali oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etiladi;

 

“1-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 15-sonli “Qoʻyliq 1-mavzesi – Doʻstlik metrosi ASHB” avtobus yoʻnalishining harakati Fargʻona yoʻli koʻchasidan Munis koʻchasi hamda “Qoʻyliq 1-mavzesi” bekati orqali THAY boʻylab “Qoʻyliq dehqon bozori”gacha, qaytish yoʻnalishida “Qoʻyliq dehqon bozori” bekatidan THAY, Fargʻona yoʻli koʻchalari orqali va oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda tashkil etilib, yoʻnalish nomi 15-sonli “Qoʻyliq dehqon bozori — Doʻstlik metrosi ASHB” avtobus yoʻnalishi etib belgilanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//