Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” sammitida nutq soʻzlaydi

Saqlash
20:45 / 26.10.2022 984 0

Oʻzbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo - YEI” sammitida nutq soʻzlaydi va Toshkentda Yevropa kengashi Prezidentini qabul qiladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun 27-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi.

 

Tadbirda Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel va mintaqamiz mamlakatlarining yetakchilari ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

 

Sammit kun tartibiga muvofiq, siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.

 

Shu kun kechasi Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi kutilmoqda.

 

28-oktyabr kuni Oʻzbekiston va YEI oʻrtasida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi. Mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi bilan ikki va koʻp tomonlama hamkorligiga oid masalalarning keng doirasi koʻrib chiqiladi.

 

Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifi chogʻida Samarqand shahriga tashrif buyuradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//