Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Saqlash
16:24 / 26.10.2022 994 0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 364 ta loyihani amalga oshirish uchun qoʻshimcha ravishda 335 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.

 

Shuningdek, qarorga koʻra, 2023 moliya yilidan boshlab:

 

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.

 

Bunda aholi tomonidan amalga oshirilishi taklif etilayotgan tadbirlar har bir mahalla boʻyicha bitta loyihalar paketi shaklida ovozga qoʻyiladi;

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetida shakllangan qoʻshimcha mablagʻlarning 30 foizi tuman (shahar)larda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun tuman (shahar)lar Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmalariga mavjud aholi soni va mahallalar sonidan kelib chiqib, teng ulushlarda yoʻnaltiriladi;

 

tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari uchun tuman (shahar) byudjetlarining 5 foizi miqdorida, biroq kamida 6 mlrd soʻm mablagʻ rejalashtiriladi.

 

Bundan tashqari:

 

tuman (shahar) byudjetlari mablagʻlari doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayonining birinchi mavsumi – har yili fevral-mart oylarida, ikkinchi mavsumi har yili iyun-iyul oylarida;

 

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali keyingi yil uchun tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni – har yili noyabr-dekabr oylarida oʻtkaziladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//