Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga ushbu mamlakatning milliy bayrami — Respublika kuni munosabati bilan tabrik yoʻlladi. Bu xaqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev oʻzbekistonliklar qardosh Qozogʻiston xalqining quvonchiga samimiy sherik ekanini taʼkidlab, Qasim-Jomart Toqayevga mustahkam salomatlik, masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, Qozogʻiston xalqiga esa farovonlik, baxtu saodat va doimiy ravnaq tiladi.
Avvalroq, Qozogʻiston deputatlari mamlakatning Birinchi Prezidenti kunini davlat bayramlari roʻyxatidan chiqarib tashlash uchun ovoz bergandi.
Shuningdek, hujjatda boshqa oʻzgartirishlar, xususan, 25-oktyabr – umumxalq bayrami Respublika kuni, 16-dekabr – Mustaqillik kuni davlat bayrami sifatida belgilandi. Shu paytga qadar Mustaqillik kuni milliy maqomga ega boʻlgan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112351
Jamiyat
95014
Jamiyat
91191
Jamiyat
75914
Jamiyat
//
Izoh yo‘q