 
                   
                    Jamiyat
Transport vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Toshkent – Kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish” qoʻshma loyihasi doirasida yashil shahar transport tizimlari boʻyicha eng ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish maqsadida Koreya Respublikasiga Transport vazirligi xodimlarining oʻquv xizmat safari tashkil etildi.
Xizmat safari davomida Koreya Respublikasining Yer, infratuzilma va transport vazirligi, Koreya transport instituti hamda Seul shahri maʼmuriyatining tegishli mutaxassislari bilan konsultativ uchrashuvlar oʻtkazildi.
Shuningdek, Seul shahri jamoat transporti sohasida amalga oshirilgan keng koʻlamdagi islohotlar, xususan, shaharda joriy etilgan avtobus yoʻlaklari (BRT), integrallashgan elektron toʻlov (T-Money) tizimi, daromadlarni tashuvchilar oʻrtasida taqsimlashda “Pool” tizimi, jamoat transport infratuzilmasida aholining zaif qatlamlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Bundan tashqari, Koreya shaharlarida joriy etilayotgan transportdan holi boʻlgan “yashil” hududlar va jamoat transporti parki uchun elektrobuslar xarid qilishda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tajribalari haqida maʼlumot olindi.
Xizmat safari davomida Seul shahar maʼmuriyati qoshida tashkil etilgan transport maʼlumoti xizmati (TOPIS)ga tashrif buyurilib, shahar transport tizimini operativ boshqaruv faoliyati, haydovchisiz harakatlanayotgan transport vositalarining pilot loyihalari hamda real vaqt rejimida transport va yoʻl maʼlumotlarini tahlil qilib borish imkoniyatlari bilan tanishildi.
Uchrashuvlar davomida Toshkent shahrida jamoat transporti sohasini isloh qilish, shu jumladan, yashil transport yoʻlaklarini joriy etishda oʻzaro bilim va tajriba almashinuvi boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Jamiyat
 109663
             109663
          Jamiyat
 94048
             94048
          Jamiyat
 89828
             89828
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q