 
                   
                    Jamiyat
Rossiyaning Sibir federal okrugida Oʻzbek tili va madaniyati markazi tashkil etiladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan 21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlangan maʼrifiy tadbir oʻtkazilgan.
Maʼrifiy anjumanda Oʻzbekistonda “Davlat tili haqida”gi qonunni qabul qilinish jarayonlari, xususan, qonunning asosiy maqsad va vazifalari, uning mazmun-mohiyati haqida taqdimot oʻtkazildi. Unda oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash, oʻzbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari haqida soʻz yuritildi.
Novosibirsk davlat universiteti professori Vladislav Kokoulin Oʻzbekistonda davlat tiliga boʻlgan eʼtibor yildan-yilga ortib, uning xalqaro darajadagi nufuzi oshib borayotganini taʼkidladi.
Ishtirokchilar Sibir federal okrugida oʻzbek tili va anʼanalarini oʻrganishga qiziqish ortib borayotganligini inobatga olib, Rossiya fanlar akademiyasining davlat ilmiy-texnika tadqiqot kutubxonasi qoshida Oʻzbek tili va madaniyati markazini tashkil etishga qiziqish bildirdi.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Jamiyat
 109663
             109663
          Jamiyat
 94048
             94048
          Jamiyat
 89828
             89828
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q