Madaniyat
“Maʼnaviyat karvoni” bugun Namangan viloyatidagi “Saxovat bogʻi”da boʻldi. Mehmonlar dastlab bir juft pavloviya koʻchatini ekishdi. Shundan soʻng keksalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Ushbu maskanda barcha qulayliklarga ega boʻlgan muolaja xonalari, sport zal, oshxona hamda mashgʻulotlar zali faoliyat olib bormoqda.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo soʻzga chiqdi:
– Sizlar uchun yaratilgan sharoitlardan xursand boʻldim. Men bu yerda Prezidentimizning keksalarga mehrini koʻrdim.
Suhbat chogʻida keksalar orasi doira, dutor, gitara chaladiganlar borligi aytildi.
– Ertaga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Namangan viloyat boʻlimi sizlarga shu cholgʻulardan sovgʻa qiladi. Bugun bizlar kuylagan boʻlsak, keyingi safar sizlardan eshitamiz, – dedi Minhojiddin Mirzo.
Uchrashuv oʻzbek va rus tillaridagi kuy-qoʻshiqlarga ulanib ketdi. Targʻibot guruhi tomonidan keksa otaxonu nuroniy onajonlarga mehr, qalblariga xursandchilik ulashildi.
Maʼlumot uchun: ushbu internat uyi 120 oʻringa moʻljallangan. Ayni vaqtda bu yerda 71 nafar keksa yashab kelmoqda.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q