Shavkat Mirziyoyev yana Qozogʻistonga boradi

Saqlash
22:20 / 24.10.2022 1000 0

Bugun, 24-oktabr kuni prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu haftaga rejalashtirilgan tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

 

Hafta davomida Prezident Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishelni qabul qiladi. Uchrashuv kun tartibidan Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqining siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligini muhokama qilish hamda mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish oʻrin olgan.

 

Shuningdek, hozirda qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda. 27-oktyabr kuni davlat rahbari “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etish uchun Qozogʻiston poytaxti Ostona shahriga tashrif buyuradi.

 

Shu bilan birga, mazkur ish haftasidan boshlab hudud rahbarlari joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha Prezident huzurida hisobot berishni boshlaydilar. Sogʻliqni saqlash tizimidagi joriy va kelgusi ustuvor vazifalar yuzasidan muhokamalar rejalashtirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyov avvalroq Qozogʻistonda oʻtkazilgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash sammitida qatnashgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//