Prezident bir qator rahbarlarni ogohlantirdi

Saqlash
20:51 / 21.10.2022 1634 0

Prezidentning Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qarori qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:

 

– Kadastr agentligining hududiy boʻlimlari, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va ularga umumiy rahbarlik qilish vertikal boshqaruv tizimi hamda yakkaboshchilik asosida Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;

 

– Kadastr agentligining hududiy boʻlimlari faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan, saqlash, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi;

 

– Kadastr agentligining hududiy boʻlimlari, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining qonuniy faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aralashish yoki taʼsir oʻtkazish qatʼiy taqiqlanadi.

 

Shuningdek, hujjat bilan suv xoʻjaligi vaziri Sh.Xamrayev, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi A.Abduvaliyev, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilov, Koraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari davlat organlari va tashkilotlari foydalanishida boʻlgan yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqining belgilangan tartibda toʻliq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlamaganligi uchun ogohlantirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//