Afgʻon elchisining oʻzbekcha sheʼri, Hindiston vakilining oʻzbek tilidagi nutqi – til bayrami keng nishonlanmoqda

Saqlash
17:34 / 21.10.2022 1666 0

Abdulla Qodiriy uy muzeyida 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Tashqi ishlar vazirligi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida “Dil va til” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

 

 

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Mirzo, Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Anvar Abduhalimov, Shayxontohur tumani hokimi Botir Zohidov ishtirok etdi.

 

 

Dastlab diplomatik korpus vakillari Abdulla Qodiriyning uy muzeyi, yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyati bilan tanishdilar.


Tadbirda oʻzbek tili – millatimizning ruhi, tariximizning koʻzgusi, milliy maʼnaviyatimizning asosi ekanligi, ona tilimizni eʼzozlash, munosib hurmat hamda ehtirom koʻrsatish barcha fuqoralarning majburiyati hamda muqaddas burchiligi alohida taʼkidlandi.
 

 

– Anjumanda yigirmadan ortiq davlatning diplomatik korpus vakillari qatnashib, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Afgʻoniston elchisi Ahmad Xolid Elmiyning oʻzbek tilidagi sheʼri hamda Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi ikkinchi kotibi Sitesh Kumarning oʻzbekcha nutqi  barchani xushnud etdi, – deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi masʼul xodimi Pardaxol Norqobilova. 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//