Jamiyat
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suv xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Unga koʻra, 2023-yildan boshlab har yili Davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasida aholi punktlarini markazlashgan ichimlik suv va oqova suv chiqarish xizmati bilan taʼminlash uchun 50 milliard soʻm miqdorida mablagʻlar ajratib borilishi koʻzda tutilgan.
Shuningdek, qaror bilan davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasida aholi punktlarini markazlashgan ichimlik suvi va oqova suv chiqarish xizmati bilan taʼminlash loyihalarini nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokida amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanadi.
Markazlashgan ichimlik suvi taʼminoti yetib bormagan aholi punktlarini ichimlik suvi bilan taʼminlashning manzilli roʻyxatini shakllantirish Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda loyiha boshqaruvchisi hisoblangan NNT zimmasiga yuklatiladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q