Siyosat
Toshkent viloyatining Zangiota tumani hokimi oʻrinbosari Xayrulla Xoʻjamqulov ishdan olindi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Zangiota tumani “Nazarbek” qoʻrgʻonidagi koʻprik qurilishining nima sababdan toʻxtab qolgani, ushbu obyekt buyurtmachisi – Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi hamda ushbu obyekt quruvchisi – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ koʻprik-qurilish tresti mutasaddilari keltirilgan vajlar asosli ekanligi boʻyicha tomonlar ishtirokida, joyida muhokama oʻtkazgan.
“Masala hal boʻlmagani uchun men oʻz lavozimimdan ketdim”, – deydi Xayrulla Xoʻjamqulov hokimlik matbuot xizmati tarqatgan lavhada.
“Men bu masala yuzasidan tuman hokimiga ham chora koʻraman”, – qayd etib oʻtdi Zoir Mirzayev.
Avvalroq tumandagi ushbu yer osti yoʻli qurilishining toʻxtab qolishi jamoatchilik eʼtirozlariga sabab boʻlgandi.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112429
Jamiyat
95089
Jamiyat
91307
Jamiyat
76007
Jamiyat
//
Izoh yo‘q