
Jamiyat
Bosh vazir oʻrinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Margʻilonga “Jahon hunarmandlar shahri” maqomi berilishini maʼlum qildi. U bunga 20−22-oktyabr kunlari Margʻilon shahrida “Atlas bayrami” V xalqaro anʼanaviy toʻqimachilik festivali oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida toʻxtalib oʻtdi.
Festival doirasida Margʻilon shahriga “Jahon ipak va ikat hunarmandlari shahri” maqomi beriladi. Bu esa Margʻilonning World Crafts Council – Jahon hunarmandchilik kengashi tarmogʻiga kiritilishini taʼminlaydi.
“Mazkur maqom Margʻilonning oʻzbek hunarmandchiligini asrab-avaylashdagi muhim rolini yanada oshiradi”, – dedi Aziz Abduhakimov.
Bugungi kunda dunyoning toʻrt qitʼasidan 57 ta shahar bunday eʼtirofga sazovor boʻlgan. Margʻilon “Hunarmand shaharlar” roʻyxatiga Oʻzbekistondan qoʻshilgan uchinchi shahar boʻldi.
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q