Jamiyat
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Maʼrifatli jamiyat – Uchinchi Renessans bunyodkori” esselar tanlovining Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda qator davlat tashkilotlari hamkorligida oʻtkazilgan tanlovning viloyat bosqichlarida eng yuqori ball toʻplagan 27 nafar gʻolib tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etishdi.
Taqdirlash marosimi yakunida 1-oʻrin sohibiga noutbuk, 2-oʻrin sohibiga planshet hamda 3-oʻrin sohibiga zamonaviy mobil apparati sovgʻa qilindi. Shuningdek, boshqa ishtirokchilarga ham turli esdalik sovgʻalari topshirildi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q