Eng koʻp tugʻilish qaysi hududda ekanligi maʼlum qilindi

Saqlash
16:47 / 19.10.2022 1035 0

Davlat statistika qoʻmitasi tugʻilish koeffitsiyenti eng yuqori boʻlgan tuman va shaharlar roʻyxatini taqdim etdi.

 

2022-yilning 1-oktabr holatiga respublikaning tuman va shaharlari orasida har 1000 doimiy aholisiga nisbatan tugʻilish koeffitsiyenti eng yuqori boʻlgan hududlar ichida Guliston shahri birinchi oʻrinni egalladi — 71,7 ta. Shuningdek, Chiroqchi tumanida (43,6 ta) ham bu koʻrsatkich qolgan hududlarga nisbatan yuqori.

 

Har 1000 doimiy aholisiga nisbatan tugʻilish koeffitsiyenti:

 

Guliston shahri – 71,7 ta;

Chiroqchi tumani – 43,6 ta;

Navoiy shahri – 34,1 ta;

Sergeli tumani – 33,1 ta;

Yangiyer shahri – 33 ta;

Payariq tumani – 31,6 ta;

Bandixon tumani – 30,9 ta;

Jizzax shahri – 30,9 ta;

Namangan shahri – 30,9 ta;

Bektemir tumani – 30,4 ta.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//