 
                   
                    Jamiyat
Toshkent shahrining Mirobod tumanida “Tez yordam” xodimlari kaltaklangani haqida xabar berilgandi. Ayni paytda ushbu hodisa oqibatida jiddiy tan jarohati olgan “103” haydovchisi I.H. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida tegishli muolajalarni olmoqda.
Dastlabki tekshiruvlar natijasida unga “Bosh miya yopiq shikastlanishi, bosh miya chayqalishi, chap tizza sohasi yumshoq toʻqimalarining lat yeyishi” tashxisi qoʻyilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri Behzod Musayev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining neyroxirurgiya boʻlimida davolanayotgan bemor holidan xabar oldi.
“Afsuski, keyingi paytlarda oʻz xizmat vazifasini oʻtayotgan shifokor va hamshiralar, ayniqsa, “Tez yordam” xodimlariga nisbatan kuch ishlatish holatlari tez-tez uchramoqda. Aholining sogʻligʻini himoya qilishda oʻzini ayamay jon kuydirayotgan tizim xodimlariga tajovuz qilgan kimsalarga nisbatan qonunchilikda qatʼiy javobgarlik belgilanishi ustida ishlanmoqda. Oʻylaymanki, qonunchilikka kiritilayotgan bu oʻzgarishlar soha vakillarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim asos boʻladi”, — dedi Behzod Musayev.
Vazir bemor bilan muloqot davomida unga tezroq sogʻayishini tilab, mushtumzoʻr fuqaroga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo belgilanishi uchun barcha zarur choralar koʻrilishini maʼlum qildi.
Muloqot soʻngida oʻz xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashib, muhim daqiqalarda tezkorlik va professionallik sifatlarini namoyon etgan tez tibbiy yordam brigadasi xodimiga “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni berilgan.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Siyosat
 109662
             109662
          Jamiyat
 94046
             94046
          Jamiyat
 89826
             89826
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q