Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish soddalashtirildi

Saqlash
15:10 / 18.10.2022 1171 0

“Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori bilan 2022-yil 1-dekabrdan boshlab quyidagilar belgilandi:

 

Yoshlar ishlari agentligi boʻlim boshligʻi va aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktorlari subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan chiqariladi;

 

Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi boʻlimlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan subsidiya olish uchun arizani koʻrib chiqish tartibi bekor qilinadi;

 

Bunda mazkur tashkilotlarning maʼlumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

 

Subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi:

 

Yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;

 

olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.

 

Shuningdek, 2022-yil 1-noyabrga qadar “Labor — migration” dasturi va Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi portali subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminotiga integratsiya qilinadi.

 

Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish boʻyicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi.

 

2022-yil 1-noyabrga qadar 2020-2022-yillar dasturi doirasida subsidiya ajratish toʻgʻrisida xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti foizlarining bir qismini qoplash boʻyicha toʻlanmay qolgan subsidiyalarni toʻliq toʻlash choralari koʻriladi.

 

2021-yil dasturi doirasida subsidiya ajratish toʻgʻrisida xabarnoma olgan Toshkent shahrida doimiy roʻyxatda turadigan fuqarolarga Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqi beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//