Yer yuzida oʻzbek tilida soʻzlashuvchilar soni qanchaligi aytildi

Saqlash
14:19 / 18.10.2022 2516 0

Hozirgi kunda yer yuzida oʻzbek tilida soʻzlashuvchilar soni 60 milliondan oshgan, deb yozmoqda “Dunyo” AA.

 

21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Makka shahrida vatandoshlar ishtirokida maʼrifiy tadbir oʻtkazilgan.

 

Ishtirokchilarga Oʻzbekistonda oʻzbek tilining mavqeyini mustahkamlash, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil soʻzlab berilgan. Bu borada xorijdagi koʻplab universitetlarda oʻzbek tili markazlari tashkil etilgani va chet mamlakatlarda oʻzbek tilini oʻrganishga qiziquvchilarning soni yil sayin ortib borayotgani qayd etilgan.

 

Taʼkidlanishicha, hozirgi kunda yer yuzida oʻzbek tilida soʻzlashuvchilar soni 60 milliondan oshdi, xorijiy davlatlardagi 50 dan ortiq oliy oʻquv yurtida oʻzbek tili oʻrgatilmoqda.

 

Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan asli oʻzbek boʻlgan buxoriylar diasporasi vakillari millatimiz aslini aks ettiruvchi oʻzbek tilini eʼzozlash, jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirish hamda yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifaga aylanib borayotganini qayd etdi.

 

Boʻlib oʻtgan uchrashuv yakunida Saudiya hududida oʻzbek tilini keng targʻib qilish, diaspora vakillari farzandlarining milliy tilimizni mukammal egallashi uchun maxsus kurslar tashkil etish va ularni zarur adabiyotlar bilan taʼminlashga kelishib olindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//