Jamiyat
Hukumatning 2022-yil 14-oktyabrdagi qarori bilan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari tasdiqlandi.
Mazkur hujjat davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatiga oid va xizmatdan tashqari odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir qoidalarni oʻzida aks ettiradi.
Unga koʻra, davlat xizmatchisi halol, kamtar boʻlishi, jamoatchilik tanqidiga yoʻliqmasligi, tanqidga uchraganda esa taʼqib qilmasligi, birovning manfaatini koʻzlab sovgʻa, foyda va mukofot olmasligi lozim.
Xizmat safarlari, nazorat tadbirlarida sarf-xarajatlarni birovning hisobidan amalga oshirmasligi, ijtimoiy tarmoqlarda axloqqa zid iboralarni ishlatmasligi, fuqarolar va hamkasblarining shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi maʼlumotlar tarqatmasligi hamda internet sahifalariga islohotlarga ishonchsizlik uygʻotadigan materiallarni joylashtirmasligi lozim.
Rahbarlar esa mahalliychilikka, urugʻ-aymoqchilikka, tanish-bilishichilikka, guruhbozlikka yoʻl qoʻymasligi, kadrlarni shaxsiy sadoqat belgilari boʻyicha tanlash, tayinlash yoki tavsiya qilish bilan shugʻullanmasligi lozim.
Davlat xizmatchilari, shuningdek, ishdan tashqari payti shuhratbozlikdan, maishatbozlikdan, ichkilikbozlikdan tiyilishi kerak, kafe-restoranlarda oʻzini tutish qoidalariga rioya qilishi, oʻziga bevosita yoki bilvosita aloqador davlat idoralari yoki amaldorlardan, davlat xizmatchilaridan sovgʻa olmasligi kerak. YPX va shunga oʻxshash holatlarda xizmat guvohnomasini koʻrsatib, doʻq urmasligi kerak.
Xizmat mashinasidan shaxsiy maqsadlarda foydalanmasligi, oʻzining shaxsiy mashinasidan foydalanganda esa tartib-taomillarga amal qilib haydashi, yoʻl qoidalariga qatʼiy rioya qilishi zarur.
Davlat xizmatchilari etikasini buzgan xodimlar intizomiy jazoga tortilishi hamda ogohlantirilishi, rasmiy uzrnoma keltirishi, tanbeh berilishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q