Jamiyat
Fargʻona viloyatining qishloqlarida 15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirlarda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining masʼul xodimi Pardaxol Norqobilova, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Fargʻona viloyat boʻlimi rahbari Maʼsudjon Sulaymonovlar hamda pillakorlar, uy bekalari, terimchi ayollar ishtirok etdi.
Tadbirlarda qishloq hududlarida yashab, turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan, farzandlar tarbiyasi bilan shugʻullanayotgan opa-singillarimizni qoʻllab-quvvatlash, ularning ogʻirini yengil qilishga koʻmaklashish, oʻz hayotlaridan rozi boʻlib yashashlarini taʼminlash doimiy va eng muhim vazifalardan biri ekanligi taʼkidlanmoqda.
Qishloq xoʻjaligi, hunarmandchilik va boshqa sohalarda ibrat namunalarini koʻrsatib kelayotgan opa-singillarga tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari va ziyo ulashuvchi kitoblar sovgʻa qilindi.
Maʼlumot uchun, ayni paytda Fargʻona viloyatida 1 mln 289 mingga yaqin xotin-qizlar qishloq hududlaridagi mahallalarda istiqomat qiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q